Nyu-Yorkda oʻzbekistonlik 11 yoshli qizcha maktab avtobusi urib ketishi oqibatida vafot etdi
5-fevral kuni Nyu-York shahrining Bruklin tumanidagi Bat-Bich mahallasida maktab avtobusi 11 yoshli Amira Aminovani urib ketib, uning hayotiga zomin boʻldi. Marhuma Oʻzbekistondan kelgan oila farzandi edi. Bu haqda avval AQSH OAVlarida tarqalgan maʼlumotni Oʻzbekiston Bosh konsulligi tasdiqladi.
Fojia taxminan soat 15:00 atrofida, qizaloqning uyidan 60 metrcha uzoqlikda sodir boʻlgan. CBS News maʼlumotlariga koʻra, Amira piyodalar uchun yashil signal hisob-kitob rejimiga oʻtgan, ammo hali taqiqlovchi holat yoqilmagan paytda yoʻldan oʻta boshlagan.
Ayni shu vaqtda maktab avtobusi oʻng tomonga burilayotgan boʻlgan va toʻxtamasdan bolani urib ketgan. Qizaloq zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq u ogʻir jarohatlar oqibatida vafot etgan.
Avtobusni 62 yoshli Vava Aurelus boshqargan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, u darhol toʻxtamagan va keyinchalik hodisani payqamaganini aytgan.
Haydovchiga piyodani oʻtkazib yubormaganlik va ehtiyotsiz haydash boʻyicha ayblov qoʻyilgan. Biroq YTH sodir etilgan joyni tark etganlik boʻyicha ayblov eʼlon qilinmagan. Sud muhokamasi 24-fevral kuniga belgilangan.

Qoʻshnilardan biri shunday degan:
“U juda chiroyli, doimo kuluvchi va baxtiyor qizaloq edi. Hech qachon qoʻpollik qilganini koʻrmaganman. Hatto mening ijarachilarim bilan ham — ular baʼzan navbatsiz kirib ketishadi — u doim sabrli va mehribon edi”.
Diplomatik vakolatxona maʼlum qilishicha, ular bolaning onasi bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi va shahar xizmatlari bilan hamkorlik qilmoqda. AQSHdagi Oʻzbekiston vakolatxonalari oilaga zarur boʻlgan barcha yordamni koʻrsatishga tayyor ekanini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring