Tramp Eron bilan savdo qiladigan davlatlarga boj toʻlovlari joriy etish haqida farmon imzoladi

11:37 08 Fevral 2026 Dunyo
533 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan savdo qilayotgan davlatlardan AQSHga kiritiladigan tovarlarga qoʻshimcha boj toʻlovlarini joriy etish imkonini beruvchi farmonni imzoladi. Mazkur hujjat Oq uy rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Farmonga muvofiq, Vashingtonga qoʻshimcha advalor boj toʻlovlarini joriy etish imkonini beruvchi tizim tasdiqlandi. Ushbu toʻlovlar Erondan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita tovar yoki xizmatlarni sotib oladigan, import qiladigan yoki boshqa yoʻllar bilan qabul qiladigan istalgan davlatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning AQSHga import qilinishiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

Shu bilan birga, farmonda qayd etilishicha, agar “vaziyat oʻzgarsa”, jumladan Eron milliy favqulodda holatni bartaraf etish yoʻlida “sezilarli qadamlar” tashlasa, AQSH prezidenti ushbu qarorni qayta koʻrib chiqishi mumkin.

Hujjatda taʼkidlanishicha, prezident Eronni yadroviy salohiyatga erishishga intilish, terrorizmni qoʻllab-quvvatlash, ballistik raketalar ishlab chiqish hamda mintaqada beqarorlikni kuchaytirish uchun javobgar deb hisoblaydi. Bu harakatlar AQSH xavfsizligiga, uning ittifoqchilari va milliy manfaatlariga tahdid solishi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?