Fargʻonaning uch tumanida 1,21 milliard soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi

15:05 07 Fevral 2026 Jamiyat
890 0

Fargʻona viloyatining uchta tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, viloyatning Beshariq tumanining “Obod” MFY Ibn-Sino koʻchasida yashovchi fuqaro K. A. oʻz xonadonida maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etib, hisoblagichni olib tashlagan holda tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgani aniqlangan.

Mazkur qonunbuzilish holati oqibatida 403 million 228 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Shu kabi yana bir holat, Qoʻqon shahrining Furqat koʻchasida joylashgan, fuqaro M. S. ga qarashli noturar bino xatlovdan oʻtkazilganda ham aniqlangan.

Unga koʻra, isteʼmolchi taʼminot korxonasi bilan shartnoma imzolamasdan tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulangan holda 438 million 219 ming soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.

Bundan tashqari, Uchkoʻprik tumani, “Tojik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T. J. oʻz xonadonida novvoyxona tashkil qilib, gaz tarmogʻiga yashirin yoʻl bilan ulanib olgani aniqlandi. Holat boʻyicha 378 million 432 ming soʻm jarima belgilangan.

Hozirda yuqoridagi noqonuniy holatlarga oid hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?