“FIFA Series kabi turnirlar menga jamoani va oʻyinimizni tushunishga yordam beradi”
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasi uchun maxsus intervyu berdi. Unda Jahon chempionati, milliy terma jamoa va boshqa mavzularda fikr yuritildi.
Jumladan, mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Toshkent shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan “FIFA Series” musobaqasi haqida Kannavaro quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:
«Bu musobaqa jahon chempionatiga tayyorgarligimizning navbatdagi bosqichi boʻladi. Bu yigʻinda oʻyinimizga va tayyorgarlik rejamizga yangiliklar qoʻshishga harakat qilamiz. Lekin vaqt cheklanganligi tufayli juda koʻp narsani oʻzgartirishga ulgurmasligimiz mumkin.
Klub murabbiyi bilan terma jamoa murabbiyi oʻrtasidagi farq ham aslida mana shunda. Sizda atigi oʻn kun vaqt boʻladi. Va shu vaqt ichida jamoaga yordam beradigan eng kerakli narsalarni topib, futbolchilarga buni singdirishingiz kerak. Har safar ana shunday.
Imkoniyat boʻldi deganda, biz jamoaga foyda beradigan detallarni qoʻshishga harakat qilamiz. Tayyorgarlik esa odatdagidek davom etadi.
Biz Toshkentda, oʻz uyimizda, oʻz bazamizda yigʻin oʻtkazamiz. U yerda nafaqat maydondagi oʻyinni, balki jamoa atrofidagi barcha jarayonlarni ham yaxshilashga harakat qilamiz. Bizda maydonda bitta jamoa bor — bular futbolchilar. Lekin maydon tashqarisida ham yana bitta jamoa bor: murabbiylar shtabi, mutaxassislar, xodimlar. Ular har doim tayyor boʻlishi, maydonga tushadigan jamoa bilan yelkama-yelka mehnat qilib borishi muhim.
Men shunday hisoblayman: FIFA Series kabi turnirlar menga jamoani va oʻyinimizni tushunishga yordam beradi. Hatto xatolar orqali ham. Xato qilish muhim, chunki aynan xatolar orqali siz oʻsishga erishasiz.
Oldinda bizni ikkita oʻyin kutyapti. Oʻylashimcha, kuchli jamoalarga qarshi haqiqiy raqobat boʻladi».
Maʼlumot uchun, Toshkent shahrida oʻtishi rejalashtirilgan ushbu turnir joriy yilning 25-30 - mart sanalarida boʻlib oʻtadi. Musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan tashqari Gabon, Venesuela hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari ham ishtirok etadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring