Toshkentda yongʻin xavfsizligiga rioya qilmagan 7 ta bino yopildi

11:23 06 Fevral 2026 Jamiyat
321 0

Foto: Toshkent shahar FVBB

Toshkent shahrida yongʻin xavfsizligiga rioya qilmagan 7 ta bino faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 5-fevral kuni Toshkent shahar hududida insonlar koʻp yigʻilishi mumkin boʻlgan binolarning favqulodda vaziyatlar (yongʻin) sodir boʻlgan hollarda belgilangan xavfsizlik talablariga javob berishi yuzasidan tegishli tartibda Davlat yongʻin nazorati tekshiruvlari oʻtkazilgan.

Tekshiruvlar davomida Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida joylashgan 7 ta bino (inshoot) va xonalarning insonlar hayotiga xavf solib, yongʻin xavfsizligi talablarini qoʻpol ravishda buzgani sababli ularning faoliyati aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik toʻxtatilgan.

​Bildirilishicha, hozirgi vaqtda tadbirkorlar tomonidan ish faoliyati toʻxtatilgan obyektlardagi aniqlagan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda tezkorlik bilan barcha kamchiliklarni bartaraf etish choralar koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?