“Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 4-fevraldagi tegishli buyrugʻi bilan “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqida Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, jarayonlar 10 ta mezon asosida hamda ularning har biri Hakamlar hayʼati tomonidan 6 balldan (maksimal 60 ball), pedagoglarning ovoz berish yoʻli orqali 4 balldan (maksimal 40 ball) baholanadi (jami: maksimal 100 ball).
Baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
- Dars maqsadlarining toʻgʻri qoʻyilishi va ularga erishilganligi;
- Dars tuzilishi, izchilligi va vaqtning toʻgʻri taqsimlanganligi;
- Oʻquv-metodik taʼminot, AKT va interaktiv vositalardan foydalanilganligi;
- Zamonaviy pedagogik usullar va noanʼanaviy yondashuvlar (5E, 3S+1E, inquiry-based, problem-based, project-based, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim) dars mavzusi, maqsadlari, oʻquvchilar auditoriyasiga mos va samarali tarzda qoʻllanilganligi;
- Mavzuni tushunarli, mantiqiy va ravon bayon etilganligi;
- Misollar keltirish, real hayot bilan bogʻlash va amaliy faoliyatni namoyon etilganligi;
- Oʻquvchilar faolligini boshqarish, diqqatini jalb qilish va teng imkoniyatlarni taʼminlash;
- Tanqidiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish;
- Oʻquv muhitini xavfsiz va ijobiy ruhda tashkil etish, tarbiyaviy komponentlarning mavzu mazmuniga singdirilganligi;
- Baholash usullaridan foydalanish va doimiy konstruktiv qayta aloqani (feedback) taʼminlanganligi.
Maʼlumot uchun, “Yil oʻqituvchisi” tanlovi Tashkiliy qoʻmitasining qaroriga asosan, tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-fevral kuni belgilangan umumtaʼlim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring