2025-yilda metropoliten orqali qancha yoʻlovchi tashilgan?
2025-yilda metropoliten orqali jami 286,8 mln nafar yoʻlovchi tashilgan. Bu boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlari eʼlon qilindi.
Unda aytilishicha, mazkur davrda metropolitendan bir kunda oʻrtacha 785,6 ming nafar yoʻlovchi foydalangan.
Ushbu koʻrsatkich yillar kesimida taqsimlanganda soʻnggi 5-yilda metropolitendan foydalangan yoʻlovchilar soni ortib borgan. Jumladan, 2020-yil 38,8 million nafar yoʻlovchi metrodan foydalangan boʻlsa, 2021-yilga kelib bu koʻrsatkich 101,8 million nafarga yetgan.
2022-yilga kelib esa 136,7 million nafar yoʻlovchi oʻz manziliga yetib olish uchun metropolitenni tanlagan. 2023-yilda bu koʻrsatkich 172 millionga yetgan.
Shuningdek, 2024-yilda 270,3 million, 2025-yilda esa 286,8 million nafar fuqaro Toshkent metropolitenidan foydalangan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilgi koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 6,1 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring