Bakalavriat bosqichi boʻyicha Prezident va nomli davlat stipendiyalari gʻoliblari tasdiqlandi
2025/2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichining 101 nafar talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi gʻolibi boʻldi. Bu haqida Taʼlim nazorat Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tanlovda ishtirok etib, sovrindor boʻlmagan talabalar ham tegishli oliy taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan ragʻbatlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Quyidagi havolalar orqali tanlovda gʻolib boʻlgan talabalar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:
Prezident davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Ibn Sino nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati;
Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan talabalar roʻyxati.
Maʼlumot uchun, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Prezident stipendiyasi gʻoliblari vazirlik Hayʼatida tasdiqlangandan soʻng eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring