Yangiyoʻlda “Spark” avtomobili agʻdarilib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida “Spark” avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, ushbu yoʻl-transport hodisasi shu yilning 30-yanvar kuni soat taxminan 23:00 larda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan M34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yoʻlining 18-kilometrida sodir boʻlgan.
Unda, 1973-yilda tugʻilgan haydovchi “Spark” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida, rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda avtomobil agʻdarilib ketgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi vaqtida avtomobilda faqatgina haydovchining oʻzi boʻlgan. Hodisa oqibatida haydovchiga jarohat yetmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiyoʻl tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring