Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi

13:27 02 Fevral 2026 Hujjatlar
566 0

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi qaroriga asosan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;
  • “Inson” markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;
  • ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.

Shuningdek, 2026-yil 1-martdan xulq-atvori buzilishlari boʻlmagan ruhiy kasallik boʻyicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?