Aholini roʻyxatga olish boʻyicha “majburiy topshiriq” bergan hokimliklarga chora koʻrildi
Soʻnggi kunlarda ayrim mahalliy hokimlar tomonidan xodimlarni aholini roʻyxatga olish tadbirlariga ish vaqtidan tashqari paytda majburan jalb etish holatlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mehnat inspeksiyasi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, majburiy mehnatga jalb qilish qonun buzilishi ekanidan ogohlantirdi.
Bildirilishicha, Oʻzbekistonda qator mahalliy hokimliklar tomonidan “majburiy topshiriq” niqobi ostida xodimlarni majburiy mehnatga jalb etish holatlari aniqlangan hamda tegishli choralar koʻrilgan.
Xususan, Buxoro shahar, Oltinkoʻl, Asaka va Marhamat tumanlari hokimliklariga ogohlantirishlar yuborilgan. Bundan tashqari, Andijon viloyati hokimligiga qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Inspeksiya, shuningdek, ish vaqtidan tashqari ish faqat xodimning ixtiyoriy roziligi bilan amalga oshirilishi hamda buning uchun haq toʻlash Mehnat kodeksining 262-moddasiga muvofiq majburiy ekanini bildirdi.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash tartibi:
• bir kundagi dastlabki 2 soat – kamida 1,5 baravar;
• 2 soatdan ortiq – kamida 2 baravar;
• noqulay mehnat sharoitida – har bir soati uchun kamida 2 baravar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring