Andijonda yoʻldagi muzlama sabab 2 ta YTH yuz berdi
Videodan kadr
Andijon shahrida yoʻl qoplamasi muzlab qolganligi sababli bir joyda 2 ta yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 1-fevral kuni soat 07:00 larda Andijon shahar Choʻlponshoh koʻchasida 1992-yilda tugʻilgan J.I. oʻzining “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan chorrahaga toʻxtash maqsadida tormoz tepkisini bosgan. Biroq yoʻl qoplamasi muzlab qolgani sababli avtomashina sirgʻalib ketgan va agʻdarilgan.
Shu kuni soat 07:40 larda, xuddi shu koʻchada 1981-yilda tugʻilgan Sh.X. “Cobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, oraliq masofa saqlamasdan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Damas” bilan toʻqnashgan, oqibatda bu “Damas” ham agʻdarilib ketgan.
Bildirilishicha, ushbu YTHlar oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, avtomashinalar texnik shikastlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl qoplamasidagi muzlama suv trubasi yorilib, qatnov qismini suv bosishi tufayli yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Hozirda mazkur YTHlar yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring