Ertadan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi
Ob-havo haroratining biroz koʻtarilishi fonida metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan vaqtincha cheklovlar biroz yumshatilmoqda. Energetika vazirligi xabariga koʻra, ertaga, 2-fevraldan boshlab Oʻzbekistonning qator hududlarida metan “zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi.
Faqat Fargʻona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz taʼminoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda taʼminlanadi.
Oʻzbekistonda havo harorati pasayishi sababli 20-yanvardan metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring