Oʻzbekistonda “Fidoyi qutqaruvchi” medali taʼsis etilishi mumkin
Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Fidoyi qutqaruvchi” medalini taʼsis etish toʻgʻrisidagi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Loyihaga koʻra, “Fidoyi qutqaruvchi” medali bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 10 baravari (4 million 120 ming soʻm) miqdoridagi bir martalik pul mukofotiga ega boʻladi. Medal bilan vafotidan keyin mukofotlash holatida esa, medal va tegishli hujjatlar marhumning oila aʼzolariga topshiriladi.
Medal 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Medalning oʻrtasida sariq aylana ichida yosh bolani yongʻindan qutqarib olib chiqayotgan qutqaruvchi ramzi va uning orqasida bino sodir boʻlgan yongʻin tasvirlangan boʻlib, uning yuqori qismida “Fidoyi qutqaruvchi” deb yoziladi.
Quyidagi shaxslar “Fidoyi qutqaruvchi” medali bilan taqdirlanishi mumkin:
• uzoq yillar davomida oʻz hayotini xavfga qoʻygan holda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulklarini qutqarishda shaxsan ishtirok etgan yoki qutqaruv ishlarida fidoyi qatnashgan FVV va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari;
• xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarda yuz bergan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish ishlarida faol ishtirok etgan idora va tashkilotlar vakillari, koʻngilli qutqaruvchilar;
• alohida hollarda tezkor saʼy-harakatlari natijasida birinchi yordam koʻrsatish yoki insonlarning hayotini asrab qolish, shuningdek, fuqarolarning halok boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ofatlarning oldini olishda jasorat namunasini koʻrsatgan Oʻzbekiston va chet el fuqarolari;
• favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishda alohida jonbozlik koʻrsatgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari, mutaxassislari va qutqaruvchilari.
Qonun loyihasi muhokamasi 14-fevralga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring