Surxondaryoda qor yogʻishi oqibatida eski maktab tomi qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan maktablardan birining tom qismi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 27-yanvar kuni Sherobod tumanining olis va togʻli hududidagi “Uzunsoy” MFY “Xomkon” qishlogʻida joylashgan 69-maktabning hashar yoʻli bilan loy-paxsadan qurilgan eski binosida yuz bergan. Hodisa ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi va qalin qor yogʻishi oqibatida roʻy bergani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi hamda tegishli masʼul tashkilotlar tomonidan voqea sodir boʻlgan kunning oʻzidayoq barcha zarur kuch va vositalar safarbar etilib, holatni bartaraf etish choralari koʻrilgan.
Bildirilishicha, 69-sonli umumtaʼlim maktabining eski binosi 2003-yilda aholi tomonidan hashar yoʻli bilan loy-paxsadan qurilgan.
2014-yilda mazkur maktab uchun Davlat dasturi asosida 140 oʻrinli yangi maktab binosi qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 2022-yilda Davlat dasturi doirasida “Uzunsoy” MFY “Tuynuk” qishlogʻida 69-maktab uchun 40 oʻrinli maktab filiali binosi ham qurilib, foydalanishga topshirilgan.
2025-yil 30-avgustdan boshlab 2003-yilda hashar yoʻli bilan loy-paxsadan qurilgan eski maktab binosida oʻquv jarayonlarini olib borish qatʼiyan man etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring