Namanganda qariyb 200 ming dona muddati oʻtgan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

19:41 31 Yanvar 2026 Jamiyat
512 0

Namangan viloyatida sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Namangan viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “F.F.” xususiy korxonasi rahbari Davlatobod tumanidagi dorixonasida hamda “Yangi tong” va “Nurobod” MFY hududlaridagi omborxona va xonadonida umumiy bahosi 680,3 million soʻmlik sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan va yaroqlilik muddati oʻtgan jami 196 ming 998 dona dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?