Yaponiyada kuchli qor yogʻishi oqibatida halok boʻlganlar soni 30 nafarga yaqinlashdi
Yaponiya hududlarida kuzatilgan kuchli qor yogʻishlari oqibatida kamida 29 nafar odam halok boʻldi, qariyb 300 nafar kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Eng koʻp halokatlar (12 nafar) Niigata prefekturasida qayd etilgan, shuningdek, u yerda yana 94 nafar kishi jabrlangan.
Oʻlim holatlari soni boʻyicha keyingi oʻrinda Akita prefekturasi turibdi: bu yerda 8 nafar kishi halok boʻlgan, 79 nafar fuqaro jarohat olgan.
Hokkaydoda 5 nafar inson halok boʻlgan. Aomori prefekturasida qor yogʻishlari oqibatida 2 nafar kishi vafot etgan, shuningdek, kamida 91 nafar fuqaro jabrlangan. Yamagata prefekturasida 1 nafar inson halok boʻlgan, 31 nafar kishi jarohat olgan. Yana bir oʻlim holati Simane prefekturasida qayd etilgan.
Qurbonlar orasida tomdan qor tozalash paytida yiqilib ketganlar, shuningdek, yoʻllar va piyodalar yoʻlaklarini tozalash ishlari vaqtida ahvoli yomonlashgan fuqarolar bor. Shu bilan birga, surunkali kasalliklar kuchayishi va boshqa qoʻshimcha omillar bilan bogʻliq holatlar ham qayd etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring