Yaponiyada maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi oʻz joniga qasd qilish holatlari rekord darajaga yetdi

05:52 31 Yanvar 2026 Dunyo
802 0

2025-yilda Yaponiyada maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlari rekord darajaga yetdi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi maʼlumotlariga tayanib TASS xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, bir yil davomida boshlangʻich va oʻrta taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi 532 nafar oʻquvchi oʻz joniga qasd qilgan. Bu — 1980-yildan beri, yaʼni ushbu statistika yuritila boshlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Yaponiyada qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlari oʻgʻil bolalarga nisbatan koʻproq uchramoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yilda Yaponiyada 529 nafar maktab oʻquvchisi oʻz joniga qasd qilgan boʻlib, bu koʻrsatkich undan oldingi yilga nisbatan 16 taga koʻp boʻlgan.

Shu bilan birga, aholisi 124 million nafarni tashkil etuvchi Yaponiyada umumiy suitsid holatlari soni kamaygan. Oʻtgan yili mamlakatda 20 ming nafardan kam odam oʻz joniga qasd qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?