“Uyda yolgʻiz” filmida Kevinning onasi rolini ijro etgan aktrisa Ketrin OʻXara vafot etdi
71 yoshida kanadalik-amerikalik aktrisa Ketrin OʻXara vafot etdi. U “Uyda yolgʻiz” filmidagi roli bilan keng tanilgan edi. Bu haqda TMZ xabar berdi.
Variety maʼlumotlariga koʻra, aktrisa 30-yanvar kuni Los-Anjelesdagi uyida qisqa muddatli kasallikdan soʻng vafot etgan.
Ketrin OʻXara 1954-yil 4-mart kuni Kanadaning Toronto shahrida tugʻilgan. U ilk bor 1979-yilda Canada After Dark teleshousida ekranda koʻringan. 1970-yillarda esa multfilmlar ovozlashtirish bilan shugʻullangan.
Katta ekrandagi debyuti 1980-yilda “Double Negative” filmida boʻlib oʻtgan.
Aktrisa “Uyda yolgʻiz” hamda “Uyda yolgʻiz 2: Nyu-Yorkda yoʻqolgan” filmlarida Kevin Makkalisterning onasi — Keyt Makkalister obrazini gavdalantirgan.

Shuningdek, u “After Hours”, “Beetlejuice”, “A Mighty Wind” filmlarida, shuningdek “Schittʼs Creek”, “The Last of Us” va “The Studio” seriallarida ham suratga tushgan.
Ijodiy faoliyati davomida Ketrin OʻXara koʻplab nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, u ikki marta “Emmy”, bir marta “Oltin globus”, shuningdek, ikki marta Aktyorlar gildiyasi mukofotini qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring