Oʻtgan yili Prezidentimizning 216ta dolzarb topshiriqlari bajarilmagan, 221 nafar rahbarga chora koʻrilgan, 13 nafari isteʼfoga chiqarilgan
Bosh prokuror Otabek Murodov Oliy Majlis Senatining 19 yalpi majlisida 2018 yilda Bosh prokuratura va prokuratura organlari tomonidan mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida hisobot berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 31 yanvar kuni prokuratura organlari xodimlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi hamda prokurorlar faoliyati shu asosda tashkil qilindi.
Asosiy eʼtibor qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, shuningdek, hududlarga amalga oshirilgan tashriflarda belgilab berilgan topshiriqlari ijrosini soʻzsiz taʼminlashga qaratildi.
Bunda, faoliyat huquqbuzarlik va jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashishga emas, balki ularning tub sabablarini aniqlab, mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga yoʻnaltirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qonunlar va Prezident qarorlari ijrosini taʼminlashga ustuvor vazifa sifatida qaralib:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari hamda dolzarb topshiriqlari ijrosini tahlil qilib borish boʻyicha Bosh prokuratura va Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi tomonidan mavjud holatni joylarda oʻrganish amaliyoti joriy qilindi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda oʻtkazilgan oʻrganishlarda 216 ta dolzarb ahamiyatdagi topshiriqlar bajarilmaganligi aniqlanib, aksariyat muammolar joyida hal qilindi.
Masalan, Jizzax viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida aholiga qulayliklar yaratish hamda transport xizmati sifatini oshirish maqsadida “Jizzax Irjar” temir yoʻlining Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Paxtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari boʻylab passajir poyezdi qatnovi tashkil etilib, mazkur yoʻnalishda kuniga 2 marotaba qatnov yoʻlga qoʻyildi.
Yoki, Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar doirasida hududga qator salohiyatli investorlar jalb qilinib, aholiga har tomonlama qulaylik yaratish maqsadida Sayxunobod tumani markazida oʻz ichiga oziq-ovqat doʻkoni, mebellar uyi, maishiy texnikalar doʻkoni, kinoteatr, bolalar maydonchasi, dorixona
va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini olgan 25 mlrd. soʻmlik zamonaviy majmua qurilishi tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga, oʻrganishlar davomida vazifalar ijrosini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan 221 nafar mansabdor shaxslar intizomiy jazoga tortildi, shu jumladan 13 nafar rahbarlar lavozimidan ozod qilindi, deya gapirib oʻtdi Murodov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring