Prezidentning poytaxtda xavfsiz muhitni shakllantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi tanqidiy ruhda boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot boʻyicha taʼsirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yigʻilishi tanqidiy ruhda boshlandi.
“Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir boʻlib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”, dedi Prezidentimiz.
Yigʻilish Toshkent shahrida oʻtayotgani bejiz emas. Soʻnggi toʻqqiz yilda poytaxtning doimiy aholisi 1 millionga koʻpaydi, transport vositalari 2 karra ortib, 800 mingga yetdi. Kuniga yana 1 million odam keladi, 350 ming transport kirib-chiqadi.
42 ta maktab, 426 ta bogʻcha, qariyb 36 million kvadrat metr savdo obyekti va 145 ming xonadonli uy-joy qurildi. Poytaxt iqtisodiyoti 367 trillion soʻmdan, uning jon boshiga yillik hajmi esa 116 million soʻmdan oshdi.
Yaʼni Toshkent shahri nafaqat vazirliklar joylashgan maʼmuriy hudud, balki respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi sifatidagi oʻrnini yanada mustahkamladi. Bir soʻz bilan aytganda, poytaxtda iqtisodiy rivojlanish darajasi sezilarli oshdi.
Qayerda hayot sifati yaxshilansa, daromad koʻpaysa, oʻsha yerda “yengil pul topish” harakatida boʻlgan jinoiy tuzilmalar ham faollashadi. Jinoyatning yangi usul va vositalari ham, eng avvalo, shu yerda paydo boʻladi.
“Lekin huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q”, dedi davlatimiz rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring