Haj va umraga boruvchilar yagona portal orqali roʻyxatdan oʻtishi majburiy etib belgilandi
Videodan kadr
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, haj va umr tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Mazkur hujjat bilan respublikada “Haj va umra yagona portali” ishga tushirilgani maʼlum qilinib, endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida boʻlgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali roʻyxatdan oʻtish majburiy etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, fuqarolarga xorijda sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
• 2026-yil 1-fevraldan boshlab — haj tadbiriga;
• 2026-yil 1-maydan boshlab — umra tadbiriga olib borish portalda majburiy roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Ziyoratchilar haqidagi maʼlumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring