Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik kengashiga taklif qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish boʻyicha xalqaro tashabbusga qoʻshilish boʻyicha rasmiy taklif kelib tushdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maktubda qayd etilishicha, ushbu tashabbus 2025-yil 29-sentyabrda eʼlon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan maʼqullangan Gʻazodagi mojaroni tugatish boʻyicha kompleks rejaga asoslanadi.
Tashabbusning asosiy maqsadi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan davlatlarni birlashtirishga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashini tuzishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasiga Tinchlik kengashiga taʼsischi davlat sifatida qoʻshilish taklif etildi.
Davlatimiz rahbari amerikalik hamkasbiga javob maktubini yoʻllab, unda Oʻzbekiston Tinchlik kengashiga taʼsischi davlat sifatida qoʻshilishga tayyorligini bildirdi.
Prezidentimiz oʻz maktubida ushbu tashabbusga Yaqin Sharqdagi koʻp yillik nizolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadam sifatida qaralayotganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring