“Eronni zudlik bilan tark eting”. AQSH oʻz fuqarolarini ogohlantirdi
12-yanvar, dushanba kuni AQSH Eronda yashayotgan oʻz fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu qaror mamlakat boʻylab davom etayotgan qonli namoyishlar va keskin beqarorlik fonida qabul qilindi. AQSHning Erondagi virtual elchixonasi vaziyatni oʻta xavfli, deya baholab, amerikaliklarni “darhol Eronni tark etish”ga daʼvat qildi.
Ogohlantirishda internet uzilishlari davom etishi mumkinligi qayd etilgan. AQSH fuqarolariga muqobil aloqa vositalarini rejalashtirish, imkoni boʻlsa, Armaniston yoki Turkiya orqali quruqlik yoʻli bilan Eronni tark etish tavsiya etildi. Mamlakatni tark etish imkoni boʻlmaganlarga esa xavfsiz joyda qolish va zarur zaxiralar bilan taʼminlanish maslahat berildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron hukumati namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatayotgani haqida iddaolarni ilgari surib, zarurat tugʻilsa harbiy choralar qoʻllanishi mumkinligini bildirdi. “CBS News” xabariga koʻra, Oq uyda Eronga nisbatan havo zarbalari, kiberhujum va psixologik operatsiyalarni oʻz ichiga olgan turli ssenariylar muhokama qilingan.
Tramp shuningdek, Eron bilan savdo qilayotgan davlatlarga nisbatan 25 foizlik boj joriy etilishini ham maʼlum qildi. Uning aytishicha, bu qaror darhol kuchga kiradi. Eron bilan iqtisodiy aloqada boʻlgan davlatlar orasida Xitoy, Braziliya, Turkiya va Rossiya kabilar bor.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakatdagi vaziyat nazorat ostida ekanini taʼkidlab, tartibsizliklarda AQSH va Isroilni aybladi. Shu bilan birga, Tehron diplomatiya uchun ochiq ekanini bildirib, muzokaralar oʻzaro manfaatlar asosida olib borilishi kerakligini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring