Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi rekord darajada oshdi
Oʻzbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi rekord darajada oshdi. Markaziy bank bugun, 12-yanvar kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, qimmatli metall narxi ilk bor 9 mln soʻmdan oshgan.
Regulyator maʼlumotlarida keltirilishicha, oltin quymalari qiymati quyidagicha:
• 5 gramm – 9 mln 10 ming soʻm;
• 10 gramm – 18 mln 20 ming soʻm;
• 20 gramm – 36 mln 40 ming soʻm;
• 50 gramm – 90 mln 100 ming soʻm;
• 100 gramm – 180 mln 200 ming soʻm.
Aytish joiz, Markaziy bank 5-yanvar kunidan eʼtiboran ilk bor oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini eʼlon qilishni boshladi. Unga koʻra, 5 gramm oltin quymasini sotish narxi 8 mln 735 ming soʻm boʻlgandi. Narxlar esa qadogʻi butligi yoki buzilganiga qarab farqlanadi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring