Chiqindi qutisiga tashlab ketilgan chaqaloqning onasi topildi
Videodan kadr
Samarqand viloyati Payariq tumanida ayol chaqalogʻini dunyoga keltirib, tugʻuruqxona hojatxonasining chiqindi qutisiga tashlab ketgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar ochiqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, 2025-yilning 27-dekabr kuni tibbiyot birlashmasiga kelgan ayol qabziyatdan shikoyat qilgan va klizma soʻrab murojaat qilgan. Shifokor tomonidan tekshiruv oʻtkazish hamda UTT qilish taklif etilgan, biroq bemor bunga rozi boʻlmagan.
Shundan soʻng ayol muolaja xonasiga yoʻnaltirilgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach, xonani tekshirgan tibbiyot xodimlari chelak ichida qoldirib ketilgan chaqaloq murdasini topgan.
Aniqlanishicha, ayol muolaja jarayonida hamshiradan uni yolgʻiz qoldirishni soʻragan va oʻsha yerda chaqalogʻini dunyoga keltirgan, soʻng tibbiyot muassasasini tark etgan. Chelak ichidan topilgan chaqaloq toʻqqiz oylik, oʻgʻil jinsli boʻlgan.
Holat aniqlangach, shifoxona maʼmuriyati kuzatuv kameralari orqali ayol shaxsini aniqlagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Qayd etilishicha, shifoxonaga qaynonasi hamrohligida kelgan ayol toʻrt oylik kelin boʻlgan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Hamidullo Sagʻdullayevning maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda Payariq tumani Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring