Sherzod Asadov Prezidentning prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining rahbari – Prezident matbuot kotibi kotibi Sherzod Asadov 8-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlari va faxriylariga bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Qutlovda soʻnggi yillarda prokuratura organlari faoliyatida amalga oshirilgan islohotlar natijasida ular xalqqa yaqin boʻlib, inson qadri, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini bevosita joylarda taʼminlayotgan tizimga aylangani alohida taʼkidlandi.
Xususan, oʻtgan yilda qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangani, 54 mingga yaqin murojaat, jumladan 29 mingga yaqin tadbirkorning masalalari ijobiy hal etilgani prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yaqqol koʻrsatib turibdi.
Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tizimli profilaktika ishlari asosida ogʻir toifadagi mahallalar soni qariyb 1,5 barobar kamaydi. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida minglab huquqbuzarliklarning oldi olinib, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan katta miqdordagi zararlar undirildi.
Prezidentimiz tabrigida raqamlashtirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, tergov jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ochiqlik va shaffoflikni yanada kuchaytirish dolzarb vazifa ekani alohida taʼkidlangan. Prokuratura xodimlari qonun ustuvorligi va adolat timsoli boʻlishi, xalq ishonchini oqlashi zarurligi qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari oʻz qutlovida prokuratura organlari xodimlariga masʼuliyatli va sharafli xizmatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan prokuratura xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugungi tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Nodira Xakimova ushbu yuksak mukofotlarni topshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring