Toshkent viloyatida qariyb 200 kilo giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qoʻyildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi 2025-yil davomida koʻrsatilgan bojxona xizmatlarini tahlil qildi. Tahlilga koʻra, oʻtgan yil davomida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 17,3 trillion soʻmlik bojxona toʻlovlari hisoblangan va mazkur toʻlovlarning 9,3 trillion soʻmi davlat byudjetiga oʻtkazilgan.
Shuningdek, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 8 trillion soʻm imtiyozlar berildi, 2,4 milliard AQSH dollaridan ortiq boʻlgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yoʻnaltirildi.
— Bojxona boshqarmasi tizimidagi idoralarda 2025-yil davomida 129,2 milliard soʻmlik tovar-moddiy boyliklarning mamlakatga olib kirilishi va olib chiqilishida qonun buzilish holatlari aniqlanib, qonun ustuvorligi taʼminlangan, — deydi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nargiza Zuhurova.
Bundan tashqari, oʻtgan yil mobaynida 59 ta holatda jami 195,3 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga batamom chek qoʻyishga erishilganini ham qayd etish kerak.
Toshkent viloyatida 2026-yilda ham bojxona xizmatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish koʻzda tutilgan.
Otabek ISROILOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring