Eronda tinch namoyishchilarga zoʻravonlik qilinsa, AQSH bu ishga aralashadi — Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronda tinch aholi ishtirokidagi namoyishlar zoʻravonlik bilan bostirilsa, Amerika Qoʻshma Shtatlari bu jarayonga aralashishini maʼlum qildi. Bu haqida “Reuters” nashri xabar berdi.
Tramp bu haqida “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilgan. Uning taʼkidlashicha, agar Eron hokimiyati tinch namoyishchilarni otib, kuch ishlatish orqali oʻldirsa, AQSH ularni himoya qilish uchun harakatga oʻtadi.
“Biz tayyor holatdamiz. Barcha imkoniyatlar ishga tushirilgan va harakatga tayyormiz”, — deya yozgan AQSH prezidenti.
Bu bayonot Eronda soʻnggi uch yil ichida iqtisodiy qiyinchiliklar sabab kuzatilgan eng yirik norozilik namoyishlari bir qator viloyatlarda zoʻravonlikka aylanib, bir necha kishining halok boʻlishi ortidan yangradi.
Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar yakshanba kuni boshlangan noroziliklar keskin kuchayganini koʻrsatmoqda. Noroziliklarga hukumat siyosati natijasida milliy valyuta kursining keskin pasayishi va tovar hamda xizmatlar narxining jadal oʻsishi sabab boʻlgan.
Maʼlumki, Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati davomida xalqaro yadroviy kelishuvdan chiqishga qaror qilgan edi. Shuningdek, 2018-yildan boshlab AQSH Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qayta joriy etgan. Shu vaqtdan beri Eron iqtisodiyoti jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring