Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi
Barcha maktablarda Prezident maktablarining baholash tizimi joriy etiladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatning 2030-yilgacha moʻljallangan taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi “regulation.adliya.uz” portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Unga koʻra maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash maqsadida 2030-yilgacha:
- bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish;
- maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 100 foiz toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlash;
- bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan 100 foiz qamrab olish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, muhokama uchun eʼlon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2030-yilgacha:
- 1 000 ta nomdagi yangi avlod darslik majmualarini (darslik, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qoʻllanmalar) chop etish;
- Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;
- Taʼlim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” boʻlgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
- Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring