Xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki shaxs Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi
Foto: IIV
Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar ayblanuvchi Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Interpol kanallaridan samarali foydalanish natijasida yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslarning transchegaraviy harakatlari aniqlanib, ular Gruziya hududida qoʻlga olingan.
Keyinchalik, koʻp qirrali ishlar va yoʻlga qoʻyilgan ikki tomonlama hamkorlik natijasida Interpolning xalqaro maydonlarida boʻlib oʻtgan uchrashuv va muzokaralar chogʻida Toshkent va Tbilisi Milliy markaziy byurolari oʻrtasida qidiruvdagi shaxslarni Oʻzbekiston tomoniga topshirishga kelishib olingan.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qoʻllab-quvvatlashi va iltimosiga koʻra, tergov materiallari asosida Gruziya Adliya vazirligi tomonidan qidiruvdagi shaxslarni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrov qanoatlantirilgan.
Ushbu shaxslar kecha, 27-dekabr kuni Tbilisi shahri aeroportida Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga topshirilgan. Shundan soʻng ular Toshkentga olib kelinib, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun IIB xodimlariga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring