Oʻzbekistonda erta nikohlar uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda
Oʻzbekistonda ayollar va bolalarning huquq va erkinliklarini yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, liniya boʻyicha 2, 3 va 4-darajali qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish taqiqlanishi taklif etilmoqda. Bunga amaki-jiyan, togʻa-jiyan munosabatlari, shuningdek, amakivachcha, togʻavachcha, uchinchi va toʻrtinchi darajali qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar ham kiradi. Istisno holat sifatida, agar nikohga kiruvchilardan biri farzandlikka olingan yoki oʻgay farzand boʻlsa va u ikkinchi tomonga nisbatan amalda 1, 2, 3 yoki 4-darajali qon-qarindosh hisoblanmasa, nikohga ruxsat berilishi mumkin.
Shuningdek, homiladorlik yoki bola tugʻilishi bilan bogʻliq holatlarda nikoh yoshi arizaga asosan nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan joydagi tuman yoki shahar hokimi tomonidan 1-yildan ortiq boʻlmagan muddatga kamaytirilishi mumkin.
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan amalda nikoh munosabatlariga kirish, agar bunday harakat ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazolardan biri taklif etilmoqda:
— 50 BHMdan 100 BHMgacha (20,6 mln soʻmdan 41,2 mln soʻmgacha) jarima;
— 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
— 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari.
Ayni paytda amaldagi qonunchilikka koʻra, bunday huquqbuzarlik uchun 20 BHMdan 30 BHMgacha (8,2 mln soʻmdan 12,3 mln soʻmgacha) jarima, yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoki 1-yilgacha axloq tuzatish ishlari nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring