“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qayta koʻrib chiqiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida kelgusi yilda maʼnaviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi taʼkidlandi.
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda.
Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor boʻlgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
Parlament vakillarini ham bu jarayonda oʻz takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”, dedi Prezidentimiz.
Barcha yutuq va gʻalabalarimizning poydevori boʻlgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35-yilligi katta bayram sifatida oʻtkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlugʻ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.
“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman.
Bugun tarixning oʻzi, hayotning oʻzi zimmamizga buyuk bir masʼuliyatni yuklamoqda.
Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, maʼnaviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Bir boʻlsak, yagona xalq, yagona millat boʻlib harakat qilsak, koʻzlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!
Men bu yoʻlda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! Oʻzbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azmu shijoatiga ishonaman!
Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini oʻylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari boʻlib, oʻzini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman”, dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring