Namanganda 30 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Namanganda aholiga qulay transport tizimi yaratish, yoʻllardagi tirbandliklarni kamaytirish, ekologik tozalik va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yana 30 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 23-dekabr kuni “Turon-95 MBI” MChJ tomonidan olib kelingan, Xitoyning “Zhongtong bus” kompaniyasida ishlab chiqarilgan ushbu avtobuslar taqdimoti boʻlib oʻtgan. Marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashgan.
Ishtirokchilar yangi avtobuslarning texnik imkoniyatlari, yoʻlovchilar, ayniqsa, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur avtobuslar yaqin kunlar ichida eng muhim yoʻnalishlarda harakatni boshlaydi va Namanganda jamoat transporti xizmatini yangi bosqichga olib chiqib, aholiga yanada samarali, xavfsiz va qulay xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring