Tramp Qozogʻiston prezidentiga Oq uy kalitini sovgʻa qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Qozogʻiston rahbari Qozogʻiston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayevga Oq uyning kaliti va shaxsiy imzosi tushirilgan bosh kiyim sovgʻa qildi. Bu haqda Qozogʻiston Prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, dekabr oyida Qozogʻistonning AQSHdagi elchisi Magʻjan Ilyasov AQSH Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan.
“Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan keyingi qisqa suhbat davomida AQSH Prezidenti elchi bilan shu yilning noyabr oyida Oval kabinetda davlat rahbari Qosim-Jomart Toʻqayev bilan uchrashuv haqidagi taassurotlarini oʻrtoqlashgan.
Amerika yetakchisi Qozogʻiston Prezidentiga iliq shaxsiy tilaklarini yetkazgan, uning hurmatini taʼkidlagan va uni “xalqaro jarayonlarni chuqur va muvozanatli tushunadigan ajoyib inson va tajribali davlat arbobi” deb taʼriflagan.
Bundan tashqari, AQSH Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga bir nechta sovgʻalar, jumladan, Oq uyning ramziy kaliti va uning dastxati tushirilgan kepkani ham yubordi”, deb yozadi Ruslan Jeldibay.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 6-noyabr kuni Qozogʻiston Prezidenti Vashingtonga tashrif buyurgandi. Maʼlumotlarga koʻra, tashrif dasturi doirasida Toʻqayev va Tramp oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilib, umumiy qiymati 17 milliard dollardan ortiq tijorat shartnomalari imzolangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring