Toshkentda advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

10:54 22 Dekabr 2025 Jamiyat
363 0

Videodan kadr

Toshkent shahrida advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hayʼatining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik yoʻli bilan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni vaʼda qilgan.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?