Qor, tuman va yaxmalak. Hafta boshida ob-havo qanday boʻladi?
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
“Oʻzgidromet” 22-25-dekabr kunlari kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-dekabrda 5-10 daraja sovuq, 23-25-dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 22 va 25-dekabrda 0-5 daraja iliq, 23-24-dekabrda 2-7 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-dekabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, 23-25-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-dekabrda 2-7 daraja sovuq, 23-dekabrda 0-5 daraja sovuq, 24-25-dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 22-dekabrda 2-7 daraja iliq, 23-24-dekabrda 7-12 daraja iliq, 25-dekabrda 5-10 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 22-dekabrda 5-10 daraja sovuq, 23-25-dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 22 va 25-dekabrda 0-5 daraja iliq, 23-24-dekabrda 2-7 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 24-25-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Samarqand, Jizzax viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 23-25-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 24-25-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 23-25-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 23-25-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-23-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24-25-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-23-dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, 24-25-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 22-dekabrda qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-23-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 24-25-dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring