Oʻzbekiston Prezidenti Nara shahri meri bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagavani qabul qildi.
Madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga alohida urgʻu bergan holda hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻtmishi uzoq aloqalarga ega boʻlgan Samarqand va Nara shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlari oʻrnatilgani yuqori baholandi. Samarqand koʻp asrlar davomida Buyuk ipak yoʻlining markazi, Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara esa uning sharqiy darvozasi boʻlgani taʼkidlandi. Bu shaharlar sivilizatsiyalar oʻrtasidagi madaniy koʻpriklar vazifasini bajarib, xalqaro savdo va bilim almashinuvini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan.
2027-yilda Nara milliy muzeyida namoyish etiladigan Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga bagʻishlangan arxeologik koʻrgazmaga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston – Yaponiya diplomatik munosabatlari oʻrnatilganining 35-yilligi sharafiga oʻtkaziladigan yirik madaniy tadbir boʻladi.
Gen Nakagava ikki mamlakat va xalqlar oʻrtasidagi abadiy doʻstlik hamda madaniy va tarixiy yaqinlik ramzi sifatida Nara shahridagi yangi bogʻlardan biriga Samarqand nomini berishga qaror qilinganini eʼlon qildi.
Suhbat davomida ikki birodar shahar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini faol rivojlantirish hamda qishloq xoʻjaligi, turizm, toʻqimachilik, transport, logistika va shaharsozlik kabi sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring