Uch hududda advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi
Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan Toshkent, Samarqand va Guliston shaharlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hayʼatining muqaddam sudlangan advokati noqonuniy tarzda 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Aniqlanishicha, u Mirobod tuman IIO FMB Tergov boʻlimi yurituvida boʻlgan Jinoyat Kodeksining 131 va 135-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi ayblanuvchisidan sud tizimidagi tanishlari orqali 135-moddani olib tashlab, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
Samarqand shahrida kuzatilgan holatda, mahalliy advokatlik firmasi advokati jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudida koʻrilayotgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi ayblanuvchisiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida sud idoralaridagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Bu kabi qonunbuzilishi Sirdaryo viloyatida ham qayd etilib, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati Oqoltin tumanidagi MCHJ rahbaridan 450 mln soʻmlik dori vositalarini olib, pulini bermay yurgan shaxslarga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi tanishlari orqali jinoyat ishi qoʻzgʻattirib berish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda uchala advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring