Andijonda fermer xoʻjaligi yerini sotmoqchi boʻlganlar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Andijon viloyatida fermer xoʻjaligining yer maydonini sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, V.T. va X.S. ismli shaxslar Asaka tumanidagi “Y.M.” fermer xoʻjaligining “Yuqori Boʻz” MFY hududidagi 0,6 gektarini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, ushbu yer maydonini fuqaro U.K.ga 25 ming dollarga sotishga kelishgan hamda kadastr hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Ushbu shaxslar Prokuratura departamentining Asaka tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kelishilgan pulning 22,5 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring