Hindistonda tungi klubda yuz bergan yongʻinda 25 kishi halok boʻldi

15:05 07 Dekabr 2025 Jamiyat
569 0

Hindistonning Goa shtatidagi Baga sohilida joylashgan tungi klubda tun yarmida roʻy bergan yongʻin oqibatida 25 kishi halok boʻldi. Bu haqda “The Indian Express” nashri xabar berdi.

Politsiya maʼlumotiga koʻra, yongʻin “Birch by Romeo Lane” nomli tungi klubning oshxona qismida yuz bergan boʻlib, gaz balloni portlashi asosiy sabab sifatida koʻrilmoqda. Hodisa joyiga zudlik bilan oʻt oʻchirish mashinalari jalb etilgan, qutqaruv ishlari yakshanba tongiga qadar davom etgan.

Halok boʻlganlarning aksariyati klub xodimlari boʻlib, jasadlarning koʻp qismi oshxona hududidan topilgan. Ikki nafar marhum esa zinapoyada boʻlgani aniqlangan.

Goa politsiya boshligʻi Alok Kumarning taʼkidlashicha, yongʻin nazoratga olingan, ammo aniq sabablar hali oʻrganilmoqda. Shu bilan birga, Goa bosh vaziri Pramod Savanti hodisani “hammamiz uchun ogʻir kun” deb atab, halok boʻlganlarning qarindoshlariga taʼziya bildirdi va voqea joyini koʻzdan kechirganini maʼlum qildi.

Hozirda politsiya maxsus guruhi va tuman idoralari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?