OʻFA 5 yoʻnalishda yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 5 yoʻnalish boʻyicha yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, ushbu nominatsiyalar quyidagilardan iborat boʻladi:
• “Yilning eng yaxshi ayollar futboli murabbiyi”;
• “Yilning eng yaxshi murabbiyi”;
• “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”;
• “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”;
• “Yilning eng yaxshi futbolchisi”.
«Yilning eng yaxshi ayollar futboli murabbiyi« nominatsiyasi uchun Viktoriya Sirota, Vladimir Panov, Vladislav Xan, Ilhom Xanjariyev, Obid Xudoyorov va Elmira Gulyamova kabi nomzodlar tanlangan.
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasi uchun esa Islom Ismoilov, Timur Kapadze, Vadim Abramov, Kamoliddin Tojiyev va Ilyos Zaytullayev nomzodlari ilgari surilgan.
“Eng yaxshi ayol futbolchi” nominatsiyasi uchun tanlangan nomzodlar tarkibi quyidagicha boʻlgan:
• Diyora Habibullayeva;
• Maftuna Shoyimova;
• Nilufar Qudratova;
• Gulzoda Amirova;
• Lyudmila Karachik;
• Dildora Nozimova;
• Umida Zoirova;
• Ilvina Ablyakimova;
• Rushaniya Safina;
• Feruza Turdiboyeva.
“Eng yaxshi yosh futbolchi” nominatsiyasi uchun quyidagi futbolchilar tanlab olingan:
• Ibrohim Shokirov;
• Neʼmatulloh Rustamjonov;
• Moʻminxon Bahodirxonov;
• Muhammad Hakimov;
• Sayfiddin Sodiqov;
• Abubakr Shukurillayev;
• Azizbek Erimbetov;
• Muhammad Habibullayev;
• Asilbek Aliyev;
• Sadriddin Hasanov.
Barcha tomonidan katta qiziqishga sabab boʻladigan “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini uchun esa OʻFA tomonidan 27 ta futbolchi nomzodi ilgari surilgan. Ushbu futbolchilar bilan quyidagi rasm orqali tanishishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, taqdirlash marosimi dekabr oyining uchinchi choragida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring