“M-25” konida vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida — Energetika vazirligi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi “M-25” konida gaz shiddat bilan otilib chiqayotgani aytilgan videolar tarqalmoqda. Energetika vazirligi ayni vaqtda kondagi vaziyat qanday ekani yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bu holat “M-25” konining 202-son qudugʻida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon, yaʼni, avvaldan yoqib qoʻyilgan olovning vaqtincha soʻnishi holati hisoblanadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan va qisqa vaqtda yana yoqib qoʻyilgan.
“Ayni paytda Boysundagi “M-25” konida vaziyat barqaror boʻlib, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Taʼkidlanishicha, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qoʻyilgan va bu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qabul qilingan standart amaliyot hisoblanadi hamda xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga toʻliq javob beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring