Tramp daʼvolari tufayli Daniya hukumati maxsus tungi qoʻriqchi yolladi
AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiyaga daʼvolari tufayli Daniya hukumati maxsus tungi qoʻriqchi yolladi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, maxsus tungi soqchi har kuni tunda Daniya tashqi ishlar vazirligining oltinchi qavatida navbatchilik qiladi. Uning vazifasi noxush holat yuz bergan taqdirda signal berish hisoblanadi.
Maʼlum qilinishicha, maxsus xodimga Qoʻshma Shtatlardan siyosiy yangiliklarni toʻplash, baholash va ertalab hisobot topshirish vazifasi ham yuklatilgan. Uning smenasi soat 17:00 dan 07:00 gacha davom etadi. Tunda sodir boʻladigan diplomatik voqea yoki boshqa kutilmagan hodisalar yuz bergan taqdirda, qoʻriqchi darhol hukumatga xabar beradi. Unda favqulodda holatda qoʻngʻiroq qilishi uchun raqamlar roʻyxati mavjud boʻladi.
Bildirilishicha, maxsus soqchi joriy etish toʻgʻrisidagi qaror AQSH prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani harbiy yoʻl bilan anneksiya qilishni istisno qilmasligini aytganidan soʻng qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring