Serjio Gor AQSh-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga rahbarlik qiladi
Amerika Qoʻshma Shtatlari Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor yangi tashkil etilgan AQSh-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining hamraisi sifatida ish boshlaydi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Markaziy Osiyoda “Amerika birinchi” iqtisodiy dasturini ilgari surish hamda amerikalik ishchilar, innovatorlar va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi. Serjio Gor Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bilan birgalikda ushbu kengashda AQSh ishtirokini boshqarib boradi.
“Uning faoliyati Prezident Trampning Amerikaning iqtisodiy yetakchiligini mustahkamlash, AQSh kompaniyalari uchun imkoniyatlarni kengaytirish va xorijdagi hamkorlik Amerika xalqiga haqiqiy foyda keltirishini taʼminlashga boʻlgan intilishini aks ettiradi.
Kengash AQSh va Oʻzbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, AQSh texnologiyalari va isteʼdodlari uchun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa IT va raqamli innovatsiyalarni yoʻlga qoʻyish va AQSH eksportchilari uchun teng raqobat muhitini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 4-6-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan “C5+1” sammiti doirasida Vashingtonga tashrifi AQSh-Oʻzbekiston oʻzaro munosabatlarida kuchli dinamikani namoyish etdi. Yangi ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ushbu muvaffaqiyatni mustahkamlagan holda, strategik iqtisodiy hamkorlik orqali Amerikaning yanada kuchli, xavfsiz va farovon oʻsishini taʼminlashga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring