Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etiladi
“Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-224-son, 21.11.2025-y.) qabul qilindi.
Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
— agrar sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish,
— oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028-yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.
Farmonga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkil etiladi.
Agentlik:
— qoʻllab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
— qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni koʻrib chiqish, maʼqullash va toʻlov jarayonigacha boʻlgan barcha bosqichlarni toʻliq raqamlashtiradi.
2026-yil 1-yanvardan:
— mazkur Farmonda belgilangan qoʻllab-quvvatlash choralari Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;
— qoʻllab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring