“Oʻzgidromet” Toshkent aholisini niqob taqishga chaqirdi
Illyustrativ foto
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga koʻra, bugun, 20-noyabr kuni soat 09:00 holatiga Toshkent shahrining atmosfera havosidagi koʻrsatkichlar quyidagicha:
• PM10-mayda dispersli zarrachalarning miqdori 299 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi;
• PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 202 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan meʼyorlardan (60 mkg/m3) 3.4-marta oshgan.

Taʼkidlanishicha, koʻrsatkichlarning oshishiga harorat oʻzgarishi ham sabab boʻlgan.
“Haroratning keskin oʻzgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning toʻplanishiga va atmosfera havosidagi konsentratsiyasi oshishiga olib keladi”, deyiladi xabarda.
Agentlik, shuningdek, respublika aholisi hamda mehmonlaridan quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻragan:
- ochiq havoda boʻlishni, ayniqsa uzoq vaqt yurish va jismoniy faollikni cheklash;
- tashqariga chiqqanda, ayniqsa bolalar, keksalar va yurak-qon tomir hamda nafas yoʻllari kasalliklariga chalingan fuqarolarga niqob taqib yurish;
- imkoniyat boricha yopiq binolarda boʻlish va eshik-romlarni mahkam yopish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring