“Oʻzgidromet” ish haftasida ob-havo qanday boʻlishini maʼlum qildi

18:42 17 Noyabr 2025 Jamiyat
585 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Oʻzbekistonda ish haftasining oʻrtalariga kelib harorat sezilarli boʻlmagan darajada pasayadi va respublika hududining asosiy qismida 15-18 daraja iliq atrofida boʻladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

Agentlikka koʻra, dushanba va seshanba kunlari harorat kunduzi 19-22 daraja iliq atrofida boʻladi. Chorshanbadan esa harorat asosan kechalari 3-8 daraja iliq boʻladi.

Ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 19-20-noyabrda respublikaning togʻli hududlarida ayrim joylarda yomgʻir, baland togʻli hududlarda qor yogʻishi mumkin. Sharqdan biroz mayin shamol esib turadi.

Toshkent shahrida esa yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 17−18-noyabrda kunduzgi vaqtlarda 19-21 daraja iliqqacha koʻtariladi, 19−21-noyabrda kunduzi harorat 16-18 daraja iliq atrofida boʻladi. Harorat asosan kechalari 6-8 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?