Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan taʼsis etilgan xalqaro mukofot adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar sohalarida katta yutuqlarga erishgan yurtimiz va xorijiy ijodkorlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon vakillari: Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Qirgʻiziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev “Adabiyot” nominatsiyasida, Tojikiston xalq shoiri Davlat Safarzoda “Madaniyat” nominatsiyasida, M.Avezov nomidagi Qozogʻiston Milliy drama teatri aktyori Yerkebulan Dayirov “Teatr va kino” yoʻnalishida, Ozarbayjon xalq artisti Alim Gasimov “Musiqa va raqs” nominatsiyasida, Turkmaniston xalq artisti Babasari Annamiradov “Tasviriy va amaliy sanʼat” yoʻnalishida, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Dilafruz Egamberdiyeva “Fan, taʼlim va raqamli texnologiyalar” nominatsiyasida tanlovning ilk gʻoliblari boʻldi.
Yetakchilar huzurida laureatlarga mukofot haykalchasi, diplom hamda 10 ming dollarlik pul mukofoti topshirildi.
Davlat rahbarlari sovrindorlar bilan suratga tushdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring