Suriya prezidenti birinchi marta Oq uyga keldi
Yaqin-yaqingacha amerikaliklar Ash-Sharʼani terrorchi deb bilishgan va endi mehmon sifatida qabul qilinmoqda. Bir paytlar AQSH uning boshiga 10 million dollargacha vaʼda bergan edi, bugun esa Oval kabinetda Tramp bilan yuzma-yuz uchrashdi.
Uchrashuv natijalarga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilgan. Oval ofisidagi suhbat matbuot ishtirokisiz oʻtgan. Ash-Sharʼa Oq uyga asosiy eshikdan emas, yon tarafdan kirib chiqqan.
Donald Trampning matbuot kotibi Kerolin Levittning aytishicha, tashrif prezidentning dunyo tinchligini oʻrnatish harakatlarining bir qismidir. Bu Suriya davlati rahbarining 1946-yilda tashkil etilganidan beri Oq uyga birinchi tashrifi hisoblanadi.
Tramp suhbatni boshlashdan oldin suriyalik hamkasbi bilan bir-birini yaxshi tushunishini, uning kuchli yigit ekanligini aytib maqtagan.
Ash-Sharʼa 50-yillik Bashar Asad hukumatini agʻdarib, hukumatga qaytganiga bir yil ham toʻlmadi. U Asad davrida inson huquqlari buzilganligi sababli AQSH tomonidan kiritilgan sanksiyalar yechilishini xohlaydi. Tramp bunga rozilik bildirdi, ammo yakuniy qaror Kongressga bogʻliq boʻlib qolaveradi.
Suriya prezidenti AQSHga tashrif buyurishdan oldin, terrorchi sifatida «qora roʻyxatdan chiqarilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring